Kreml Ukraina bilan muzokaralarda Abramovichning ishtirokiga izoh berdi

Foto: RIA Novosti
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda Kremlning ruxsati bilan qatnashmoqda. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«Roman Abramovich tomonlar o‘rtasidagi ba’zi aloqalar o‘rnatilishida ishtirok etgan, ammo u delegatsiyaning rasmiy vakili hisoblanmaydi. Rossiya delegatsiyasini prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy boshqarmoqda. Rossiya nomidan Abramovich ham Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etmoqda», dedi Peskov.
Jurnalistlar Abramovich muzokaralarda ishtirok etishi Kreml tomonidan tasdiqlangani yoki yo‘qligi haqida ham so‘rashdi. «Bunday muzokaralarda ishtirok etish uchun ikki tomonning roziligi kerak bo‘ladi. Abramovich bunday rozilikni olgan», dedi Kreml rasmiy vakili.
Peskov Abramovich va ukrainalik muzokarachilarning ba’zilarida zaharlanish alomatlari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarni esa axborot urushining bir qismi deb atadi.
Mavzuga oid

19:32 / 24.05.2025
Rossiya va Ukraina 307 nafar harbiy asirni almashtirdi

14:39 / 24.05.2025
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi

13:12 / 24.05.2025
OAV Ukrainada 109 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

23:03 / 23.05.2025