Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mavlud Chovusho‘g‘li Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi
Chovusho‘g‘li tinchlik muloqoti uchun maydoncha sifatida yana Istanbul tanlanishiga umid bildirdi.

Foto: Anadolu Agency
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari o‘zaro uchrashuv o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi.
«Dmitriy Kuleba va Sergey Lavrov uchrashuvga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Yaqin bir-ikki hafta ichida Ukraina va Rossiya tashqi ishlar vazirlari darajasida uchrashuv o‘tkazilishi mumkin», - dedi u.
Chovusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining Istanbulda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida tomonlar «muhim masalalar» yuqori darajada muhokama qilinishiga kelishib olgan.
«Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida kelishuvga erishilsa, tasdiqlanadi. Navbatdagi bosqich ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvi bo‘ladi», - dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.
Mavlud Chovusho‘g‘li tinchlik muloqoti uchun maydoncha sifatida yana Istanbul tanlanishiga umid bildirdi.
29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid

23:42 / 10.07.2025
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi

21:34 / 10.07.2025
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi

20:32 / 10.07.2025
Yevropa komissiyasi Ukrainani qayta tiklash jamg‘armasi tashkil etilishini e’lon qildi

15:07 / 10.07.2025