Qashqadaryoda yosh bola ko‘z o‘ngida eshaklarni kaltaklagan ota-bolaga chora ko‘rildi
Ota 12 sutkaga qamalgan. Voyaga yetmagan o‘g‘lining xatti-harakatlari uchun ham otaga jarima solingan.

Foto: Videodan kadr
Bundan bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda ikki kishi yosh bolaning ko‘z o‘ngida bir nechta eshakni ayovsiz kaltaklayotgani tasvirlangan video tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati sudi axborot xizmati rahbari Farhod Tilavovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa Chiroqchi tumanidagi «Langar» MFY To‘laqo‘rg‘on qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Eshaklarni kaltaklagan ikki kishi ota-bola bo‘lib, o‘g‘il voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi bo‘lgan.
F.Tilavovning bildirishicha, eshaklarni ayovsiz kaltaklagan ota A.Ilyosov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi (voyaga yetmagan shaxs hozirligida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish yoxud hayvonlarning mayib bo‘lishiga olib kelish) bilan aybdor deb topilgan. Unga 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Uning o‘g‘li B.S. voyaga yetmagani uchun uning xatti-harakati uchun ham otasi javobgar bo‘lgan. Shu tariqa A.Ilyosov MJtKning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan aybli deb topilgan. Sudya unga BHMning bir baravari (270 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi qo‘llagan.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
O‘zbekiston va Pokiston hududlarida ikki mamlakatning milliy restoranlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:20
-
2024 yil mojaro hududlarida yashayotgan bolalar uchun «tarixdagi eng og‘ir yillardan biri» bo‘ldi
Jahon | 15:14
-
Qurbon Hayitga haqiqiy sovg‘a – Faqat Golden House’da!
O‘zbekiston | 15:10
Mavzuga oid

20:10 / 03.06.2025
Qashqadaryoda 74 ta qoidabuzarlik qilgan haydovchi ushlandi

18:46 / 31.05.2025
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi

16:22 / 31.05.2025
Qashqadaryoda 17 bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

19:37 / 23.04.2025