«Toshshahartransxizmat» eng gavjum bekatlarda yangi yo‘l chiziqlari chizishni boshladi
«Toshshahartransxizmat» eng gavjum jamoat transporti bekatlarida yangi belgi – sariq siniq chiziqni (1,17) qo‘llashni boshladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 aprel kuni «Toshshahartransxizmat» tomonidan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan Buyuk Ipak Yo‘li metro stansiyasi bekatiga 1.17 sariq rangdagi siniq yo‘l chiziqlari chizildi.
Mazkur chiziqlarni chizishdan asosiy maqsad - ushbu bekatda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmaydigan transport vositalarining to‘xtab turishini taqiqlash va jamoat transportining mazkur bekat orqali xavfsiz harakatlanishi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash.
Ma’lum qilinishicha, ushbu tadbir shaharning aholi gavjum bo‘lgan va transport vositalari tirband bo‘lgan oraliq bekatlarida davom ettiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bunday belgilangan joylarda mashinalarni to‘xtatish taqiqlanadi. Shu bilan birga, gap markirovkadan oldin 15 metr va undan keyin 15 metr masofa haqida ketmoqda.
Haydovchilar tomonidan transport vositalarini to‘xtatish yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari (540 000 so‘m) miqdorida belgilangan.
Mavzuga oid

16:08 / 28.03.2025
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va 20 kishiga sud hukmi o‘qildi

17:25 / 18.02.2025
Toshkent yo‘llarida qayrilib olish joyidan oldin chizilgan yangi yo‘l chiziqlari o‘chirib tashlanmoqda

18:27 / 15.01.2025
“Infokiosklarning qaytim bermaslik masalasini yechish imkonsiz” - “Toshshahartransxizmat” raisi o‘rinbosari

15:22 / 15.01.2025