O‘zbekiston | 08:21 / 28.04.2022
10093
2 daqiqa o‘qiladi

1 maydan boshlab poliklinikalarda bolalar bo‘limi tashkil etiladi

Prezidentning “2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

Hujjatga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

  • Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi binosini yangidan qurish orqali Nukus shahrida “Bolalar tibbiyot klasteri”;
  • yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi;
  • 2022 yil 1 maydan boshlab tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, shuningdek, Toshkent shahri oilaviy poliklinikalarida bolalar bo‘limi;
  • tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amaldagi shtat birliklari doirasida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlari hamda kechayu kunduz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatuvchi pediatriya postlari;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda irsiy-genetik, shu jumladan, orfan kasalliklarga barvaqt tashxis qo‘yish bo‘yicha Referens laboratoriya va hududlarda uning 17 ta mintaqaviy laboratoriyalari.

Respublika perinatal markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida 2022-2023 yillarda jami 29 ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga oid