Marg‘ilonda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani xabar qilindi
Xabarga ko‘ra, avtohalokatga 1997 yilda tug‘ilgan haydovchining tajribasizligi sabab bo‘lgan.
Marg‘ilon shahrida mudhish avtohalokat sodir bo‘lgani xabar qilindi.
Muxbir Daliyev telegram-kanalida joylashtirilgan videolavhadan anglashilishicha, yuk mashinasi ag‘darilib ketgan va yo‘l chetida turgan yengil mashinalarga kelib urilgan.
Kuzatuv kamerasi qaydidagi sanaga ko‘ra, voqea 13 may kuni soat 23-40da sodir bo‘lgan.
“1997 yilda tug‘ilgan haydovchining tajribasizligi sabab bir inson voqea joyida vafot etgan. Avvalo, katta avtomashinalarni shahar ichida harakatlanishini taqiqlash kerak. Ikkinchidan, 35 yoshdan yuqori haydovchilarga boshqarishga ruxsat berish kerak”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

17:40 / 15.04.2025
Farg‘onadagi «zapravka»da Matizʼga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

18:24 / 09.03.2025
“Hazm qilishni yaxshilaydi, odamni to‘q tutadi” – nisholda qanday tayyorlanadi?

15:16 / 24.11.2024