Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Turkmaniston manatini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi
Toshkent viloyatida valuta qimmatliklari noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan valuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldini olish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqarolar R.B. va O.A. o‘zaro til biriktirib, fuqaro R.ga 77,9 ming Turkmaniston manatini 6 500 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Chilonzor tumanida joylashgan “Korzinka” savdo markazi oldida ham tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqarolar B.A. va A.Q. o‘zaro til biriktirib, 213 ming Turkmaniston manatini fuqaro R.ga 13 ming AQSh dollari va 60 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Mahkama xabarida aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

07:18 / 08.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etadi

15:02 / 30.06.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov taekvondo bo‘yicha «9-dan» faxriy unvonini oldi

19:06 / 21.06.2025
Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

09:37 / 16.06.2025