Jizzaxda uxlab qolib YTH sodir etgan haydovchi halok bo‘ldi
Nexia taksi mashinasi yo‘l chetiga chiqib ketib, pastlikka qulagan va bir necha marta ag‘darilgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 27 may kuni 7:05 larda 4R-41 G‘allaorol-O‘smat avtomobil yo‘lining Baxmal tumani hududidan o‘tgan 20-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Baxmal tumani Fayzobod mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi avtokorxonalardan biriga tegishli Nexia taksi mashinasi bilan Baxmal-G‘allaorol yo‘nalishida ketayotib uxlab qolgan va boshqaruvni yo‘qotgan.
Shundan so‘ng mashina yo‘l chetiga chiqib ketib, pastlikka qulagan va bir necha marta ag‘darilgan. Hodisa oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Avvalroq Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetiga chiqib ketib pastlikka ag‘darilgan Cobalt yonib ketgandi.
Mavzuga oid

19:41 / 10.06.2025
Zominda sel tufayli avtomobil yo‘li yopilib qoldi

10:40 / 07.06.2025
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

14:42 / 03.06.2025
Jizzaxda odamlarni kutilmagan usulda chuv tushirgan “metallolom”chi Kun.uz surishtiruvidan so‘ng qo‘lga olindi

17:03 / 22.05.2025