Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi
Poyezd elektr ta’minotidagi qisqa nosozlik sabab «Olmazor» bekatida to‘xtab qoldi. Nosozlik bir soatda bartaraf etildi, ungacha «Chilonzor» yo‘nalishidagi qatnovlar izdan chiqdi: poyezdlar faqat bir tomonlama harakatlandi.

"Olmazor" bekati / Foto: Toshkent metropoliteni
Toshkent metrosining «Chilonzor» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan poyezd soat 10:50 lar atrofida «Olmazor» bekatida to‘xtab qolgan, yo‘lovchilar bekatdan chiqarilgan. Metropoliten izohiga ko‘ra, bunga elektr ta’minotidagi qisqa nosozlik sabab bo‘lgan.
«Shu sabab «Chilonzor» yo‘nalishining qolgan bekatlarida ham poyezdlar harakati belgilangan reja jadvalidan o‘zgargan holda bir tomonlama va kichik halqa jadvali asosida harakatlandi», deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Qayd etilishicha, nosozlik soat 11:58da nosozlik bartaraf etilgan. Ayni paytda poyezdlar doimiy jadval asosida harakatlanmoqda.
O‘tgan oy Toshkent metrosida harakatlanayotgan poyezd vagonida chiroq o‘chib qolgandi.
Mavzuga oid

09:05
Iroqda saqlanayotgan noyob asar Toshkentda namoyish etilishi mumkin

19:36 / 08.07.2025
Toshkentda Tico yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib yubordi

23:41 / 07.07.2025
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi

19:00 / 07.07.2025