Prezident «Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi
“Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Foto: pochta.uz
Qayd etilishicha, qonun bilan qonunchilikka posilka, pochta kureri kabi tushunchalar kiritildi.
Pochta xizmatlari pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan pochta, kurerlik xizmatlari hamda boshqa turdagi pochta xizmatlari tarzida shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
Foydalanuvchilar manziliga oid ma’lumotlar, pochta va kurerlik jo‘natmalari hamda ular tarkibi to‘g‘risidagi axborot, pochta aloqasi operatorlari hamda provayderlari faoliyati sohasiga kiradigan boshqa xabarlar, pochta va kurerlik jo‘natmalari o‘zi pochta aloqasi sirini tashkil etadi.
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlar o‘rnini qoplaydi.
Pochta va kurerlik jo‘natmasi topshirilmagani, o‘z vaqtida yetkazib berilmagani yoki yo‘qotilgani, buzilgani (shikastlangani) yoxud o‘tkazilgan pul mablag‘lari to‘lanmagani bilan bog‘liq e’tirozlar pochta va kurerlik jo‘natmasi topshirilgan kundan e’tiboran 6 oy ichida taqdim etiladi.
Pochta xizmatlaridan foydalanuvchilar pochta aloqasi xizmatlari boshqa foydalanuvchilariga, pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlariga yetkazilgan, jo‘natilishi taqiqlangan predmetlar va moddalarni pochta va kurerlik jo‘natmalariga joylash natijasida yoki ular lozim darajada o‘ralmagani natijasida yuzaga kelgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Mavzuga oid

13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi

17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi

20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi

10:49 / 10.03.2025