Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 davlatlari matbuot himoyasi borasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
G7 madaniyat vazirlarining Bonndagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan kommyunikega ko‘ra, «Katta yettilik» dezinformatsiyaga qarshi kurash va matbuot erkinligini ta’minlash uchun birgalikda ishlamoqchi.

Foto: Picture Alliance
«Katta yettilik» G7 mamlakatlari matbuot va so‘z erkinligini ta’minlash hamda dezinformatsiyaga qarshi kurashda ko‘proq sa’y-harakatlarga intiladi. 19 iyun, yakshanba kuni Bonnda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda G7 mamlakatlari madaniyat vazirlari tegishli kommyunikeni e’lon qildi.
Hujjatga ko‘ra, boshqa narsalar qatorida, yolg‘on ma’lumotlarga samarali qarshi turishning umumiy usulini topish rejalashtirilgan. «Katta yettilik» shuningdek, hukumat senzurasi va erkin matbuotni cheklashga qarshi chiqmoqchi. Bundan tashqari, yirik axborot platformalariga qaratilgan bozor qoidalari muhokama qilinadi.
Germaniya madaniyat va ommaviy axborot vositalari davlat vaziri Klaudia Rotning ta’kidlashicha, bu kommyunike, shuningdek, «ommaviy axborot vositalarining erkin tartibini himoya qilish uchun signaldir». Uning so‘zlariga ko‘ra, dezinformatsiya, jumladan Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi ta’siri ostida qurolga aylandi. Rot G7 mamlakatlari tahdid ostidagi jurnalistlarni himoya qilish ishida faolroq ishtirok etish istagida ekanini ta’kidladi.
Madaniyat vazirlarining uchrashuvi Germaniya kansleri Olaf Shols boshchiligida Bavariyaning Elmau qasrida bo‘lib o‘tadigan G7 sammitidan taxminan bir hafta oldin o‘tkazildi. Ishtirokchilarning fikricha, bunday yig‘ilishda ommaviy axborot vositalari siyosati mustaqil mavzu sifatida birinchi marta ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid

12:30 / 30.06.2025
G7 AQSh biznesini global soliqdan ozod qilishga rozi bo‘ldi

09:14 / 27.06.2025
AQSh davlat kotibi G7 TIV rahbarlari bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi

11:30 / 18.06.2025
Reuters: G7 AQSh tufayli Ukraina bo‘yicha bayonotni e’lon qilmaydi

20:02 / 24.05.2025