G7 Rossiyaning Belarusga "Iskander-M" majmualarini berish qaroridan jiddiy tashvishdaligini bildirdi
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya yaqin oylar ichida Belarusga "Iskander-M" majmualarini yetkazib berishini ma’lum qilgandi.

Foto: Rossiya mudofaa vazirligi
"Yettilik guruhi" (G7) yetakchilari Rossiyaning Belarusga yadroviy zaryad tashuvchi raketalarni berishi haqidagi bayonoti yuzasidan "jiddiy tashvish" bildirdi.
"Yettilik" davlat va hukumat rahbarlari Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harakatlarini yana bir bor qoraladi.
Siyosatchilar Moskvani urushga barham berish, barcha harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish hamda Ukraina hududidagi qo‘shinlari va harbiy texnikalarini olib chiqib ketishga chaqirdi.
Shuningdek, "Yettilik guruhi" Rossiyaning yadroviy qurol borasidagi iddaolari o‘zini oqlamasligini bildirdi va har qanday kimyoviy, biologik va yadroviy quroldan foydalanish jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.
"Biz Rossiyaning Belarusga yadroviy salohiyatga ega raketalarni berishi mumkinligi to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng jiddiy tashvish bildiramiz", - deyiladi G7 rahbarlari bayonotida.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvi davomida Rossiya yaqin oylar ichida Belarusga "Iskander-M" majmualari yetkazib berishini ma’lum qilgandi.
"Iskander-M" taktik-raketa majmualari ballistik va qanotli raketalarni tashiy oladi – ular oddiy yoki yadroviy raketalar bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

10:22 / 23.05.2025
G7 moliya vazirlari Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qildi

00:45 / 22.05.2025
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 sammitidan dastlabki bayonotlar

13:32 / 21.05.2025