Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fuqaroni Tojikistondagi institutga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Toshkent shahrining Olmazor tumanida qo‘shni davlat institutiga o‘qishga kiritib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro Sh.J. boshqa bir fuqaro J.dan tanishlari orqali Tojikiston Respublikasidagi Pedagogika institutiga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga 2-bosqichdan ko‘chirtirib berish evaziga 3 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

11:29 / 28.04.2025
Toshkentda fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritish evaziga 13 ming dollar olgan shaxs ushlandi

12:20 / 01.04.2025
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

14:10 / 27.02.2025
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining vazifalari belgilandi

08:58 / 12.12.2024