Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda elektr tarmoqlari korxonasi xodimi firibgarlik ustida ushlandi
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida elektr tarmoqlari korxonasi xodimi firibgarlik ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Ma’lum qilinishicha, tuman elektr tarmoqlari korxonasi yuriskonsulti F.I. fuqaro B.ning elektr energiya iste’molidan vujudga kelgan 9 mln so‘m qarzdorligini sudda ishlovchi tanishlari orqali kamaytirib berishni va’da qilgan.
Mahkama xabarida aytilishicha, yuriskonsult buning evaziga fuqarodan 100 AQSh dollari va 500 ming so‘mni elektr tarmoqlari korxonasining ma’muriy binosi oldida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

15:51 / 05.07.2025
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi

12:47 / 04.07.2025
Iyunda 135 mlrd so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanildi

09:55 / 20.06.2025
8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi

09:01 / 17.06.2025