Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar o‘nligi ma’lum qilindi
O‘tgan yilda davlat budjeti daromadlarida yirik soliq to‘lovchilarning ulushi 39,8 foizni tashkil qilgan.

Foto: Fotolia
Moliya vazirligi 2021 yil uchun davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Fuqarolar uchun budjet” nashrini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilda davlat budjeti daromadlarida yirik soliq to‘lovchilarning ulushi 39,8 foizni tashkil qilgan.
2021 yilda eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar o‘nligi quyidagicha:
- “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” (10ta yirik soliq to‘lovchilar tushumlarining 54 foizi);
- “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (23 foiz);
- “O‘zbekneftgaz” AJ (5 foiz);
- “O‘ztransgaz” AJ (5 foiz);
- “Hududgazta’minot” AJ (3 foiz);
- “Uzbat” AJ (3 foiz);
- “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ (2 foiz);
- “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ (2 foiz);
- “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ (2 foiz);
- “UzAvto Motors” AJ (1 foiz).
Mavzuga oid

10:28 / 12.09.2022
Bir nechta shahar va tumanlar soliq inspeksiyalariga rahbarlar tayinlandi

15:19 / 09.09.2022
Foydalanilmayotgan obektga nisbatan oshirilgan soliq natijasida hosil bo‘lgan qarz hisobdan chiqarildi

08:07 / 09.09.2022
Soliq xizmati to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri e’lon qilindi

17:26 / 07.09.2022