Qurbon hayiti 9 iyulga to‘g‘ri kelmoqda
Bayram sanasi rasman tasdiqlansa, o‘zbekistonliklar uchun 9-12 iyul – 4 kun dam olish bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
Bugun, milodiy 30 iyun – hijriy Zulhijja oyining 1-kunidir, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi.
Bu shuni anglatadiki, Zulhijja oyining 10-kunida nishonlanadigan Qurbon hayiti 9 iyulga to‘g‘ri keladi.
“Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etayotgan ziyoratchilar 2022 yil 8 iyul, arafa kuni Arafot tog‘ida jam bo‘ladilar. O‘sha kunda hajda bo‘lmaganlarning ro‘za tutishi sunnat: u bir yil oldingi va keyingi (kichik) gunohlarga kaforat bo‘ladi”, deyiladi O‘zMI Fatvo markazi xabarida.
O‘zbekistonda Qurbon hayiti 9 iyulda nishonlanishi prezident qarori bilan rasman e’lon qilinsa, dam olish kunlari ketma-ket 4 kunni tashkil etadi.
Shu tariqa, O‘zbekiston aholisi Qurbon hayitida quyidagi kunlarda dam oladi:
- 9 iyul – shanba, hayit bayrami (hali tasdiqlanmagan);
- 10 iyul – yakshanba;
- 11 iyul – dushanba, barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 12 iyul – seshanba: haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun 16 iyul – shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni.
Mavzuga oid

18:24 / 02.06.2025
Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

21:05 / 30.05.2025
Rasman: Qurbon hayiti 6 iyunda nishonlanadi

07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

13:50 / 31.01.2025