Qonunchilik hujjatlariga «xotin-qizlarni ta’qib etish» tushunchasi kiritiladi
Qonunchilik hujjatlariga «xotin-qizlarni ta’qib etish» tushunchasi kiritiladi. Bu haqda AOKAda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bu bo‘yicha tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilib, vazirlik va idoralarga kelishish uchun yuborilgan. Hozirgi kunda vazirlik va idoralardan mazkur loyiha yuzasidan takliflar olinmoqda.
Mazkur hujjat bilan, shuningdek:
- tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi order sud tomonidan bir yil muddatgacha berilishini belgilash;
- ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
- yaqin qarindoshi bo‘lgan xotin-qizga qasddan tan jarohati yetkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
- shaxs hayoti sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash kabi qator normalarni kiritish ko‘zda tutilmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan 2021 yilda «Gender-madad» elektron huquqiy maslahatchi platformasi ishlab chiqilgan. Platformaga xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan turli mavzularga oid ma’lumotlar bazasi joylashtirilgan.
Mavzular quyidagilardan iborat: Ayollar huquqiy himoyasi; Gender tenglik; Ayollarga imtiyozlar; Oilaviy munosabatlar; Oilaviy zo‘ravonlik; Xalqaro tashkilotlar Gender tengligiga erishish strategiyasi. Platforma orqali gender masalalar bo‘yicha huquqiy borada maslahatni onlayn chat orqali olish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
«Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy» doirasida tashkil etilgan sayyor qabullarda jami 1400 dan ziyod xotin-qizlar muammolari eshitilgan.
Mavzuga oid

11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi

14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi

14:42 / 05.03.2025
Reklama qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq korxona jarimaga tortildi

14:24 / 09.12.2024