Vinnitsa markaziga raketa zarbasi va Donetskka javob hujumi. Urush suratlari
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar:
- 14 iyul kuni rossiyalik harbiylar Vinnitsa shahri markaziga bir necha raketa zarbasi yo‘lladi. 23 kishi halok bo‘lgan, shundan uch nafari bolalar, yuzdan ortiq kishi yaralangan, shundan 71 kishi shifoxonaga yotqizilgan, 40 kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda.
- Rossiya nashrlari Vinnitsa bo‘ylab raketa zarbalari haqida deyarli hech narsa yozishmadi. Rossiya mudofaa vazirligi Vinnitsadagi Ofitserlar uyiga zarba berilgani, chunki bu joy Ukraina qurolli kuchlari harbiylarini tayyorlash markaziga aylantirilganini ma’lum qilgan. Aslida esa bu joyda konsertlar va madaniy tadbirlar o‘tkazib kelingan.
- Bu hujumga xalqaro reaksiya keskin bo‘ldi. Yevroittifoq uni vahshiylik sifatida baholab, barcha aybdorlar jazoga tortilishini ma’lum qildi.
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy jahon hamjamiyatidan Rossiyani terrorchi-davlat sifatida tan olib, Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzi bo‘yicha alohida tribunal tuzishni talab qildi.
- Human Righs Watch huquq tashkiloti rossiyalik harbiylar bosib olingan hududlardagi ukrainlarni qo‘lga olayotgani va Rossiyadagi qamoqxonalarga jo‘nayotganiga oid dalillarni topdi.
- Donetsk ham o‘qqa tutildi: ikki kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralangan.
Quyida 14 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Severodonetsk

Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkiv oblasti

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Mikolayiv

Mikolayivdagi mehmonxonaga hujum oqibatlari. Binoga 14 iyul tongida raketa uchib kelgan. Mahalliy rasmiylar so‘nggi yillarda mehmonxona biznes-markaz sifatida foydalanilganini ma’lum qilgan. RF mudofaa vazirligi bungacha bir necha bor mehmonxona va yotoqxonalarga qilingan hujumlarni u yerlarga harbiylar joylashtirilgani bilan izohlagandi. 13 iyul kuni Ukraina qurollikuchlari Bosh shtabi so‘nggi uch haftada rossiyalik harbiylar Mikolayiv yo‘nalishida juda katta yo‘qotishlarga uchraganini xabar qilgandi.

Vinnitsa


Foto: Ukraina FVDX

Pavlo Petrov / Ukraina FVDX







Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk


Kazbek Basayev / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

08:09
AQSh davlat kotibi Rossiya va Ukrainani muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi

07:59
Yevroittifoq sammiti Ukrainaning YeIga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shma bayonotni qabul qila olmadi

16:57 / 26.06.2025
KXDR Ukrainadagi urushga qo‘shimcha kuchlarni yuborishga tayyorlanmoqda – OAV

11:32 / 26.06.2025