Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus yaqinida “itlar qabristoni” topildi
Nukusda 100 dan ortiq it va mushuklar ommaviy tarzda o‘ldirilgan.

Foto: Mehr va Oqibat
“Mehr va Oqibat” jonivorlarni himoya qilish nodavlat notijorat tashkiloti direktori nomiga nukuslik fuqarolardan hayvonlarning ommaviy tarzda, shafqatsizlarcha o‘ldirilishi bo‘yicha jamoaviy ariza tushgan.
Hayvonlar huquqlari faollarining xabar berishicha, 22–23 iyun kunlari Nukusdagi hayvonlarni tutish xizmati hududidan 150 ga yaqin it g‘oyib bo‘lgan. Hayvonlarni boqish va sug‘orish uchun kelgan ko‘ngillilarining so‘zlariga ko‘ra, xizmat xodimlari itlarning g‘oyib bo‘lishini ularning shahar tashqarisiga qo‘yib yuborilgani bilan izohlagan.
Ammo 7 iyul kuni Nukus yaqinida joylashgan poligondagi chuqurdan 100 dan ortiq o‘lik itlar (mushuklar ham bor) topilgan. Hayvonlarning og‘zi va panjalari sim bilan bog‘langan, tanalarida ko‘plab yaralar ham bo‘lgan.
“Mehr va Oqibat” tashkiloti ushbu holatni o‘rganish, aybdorlarni topib, qonunga muvofiq jazolashni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamda prokuraturaga murojaat qilgan.
Mavzuga oid

15:55 / 12.07.2025
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

17:45 / 09.06.2025
Erondagi 25 shaharda itlarni ko‘chada sayr qildirish taqiqlandi

19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

19:22 / 19.05.2025