Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:25 / 21.07.2022
39813
7 daqiqa o‘qiladi
Xarkivda halok bo‘lgan o‘g‘li tepasida duo o‘qiyotgan ota, Donbassda hujumlar davom etmoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 147-kuni o‘tdi. So‘nggi ma’lumotlar:
- 20 iyul tongida rossiyalik harbiylar Xarkiv shimolidagi Saltovka rayonini o‘qqa tutishdi. Raketalar avtobus bekatiga kelib tushgan: tinch aholi vakillaridan uch kishi halok bo‘lgan, ular orasida — 13 yoshli bola ham bor.
- Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov hozirgi vaziyatda Ukraina bilan muzokaralardan «hech qanday ma’no yo‘qligi» va «maxsus amaliyot geografiyasi» o‘zgargani haqida gapirdi: «Bu endi faqat «DXR» va «LXR» bilan cheklanib qolmaydi, balki boshqa hududlar, Xerson va Zaporijjyani ham qamrab oladi».
- Zaporijjya oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan hukumati ukrain dronlari Zaporijjya AESga zarba bergani, natijada 11 kishi yaralanganini ma’lum qildi.
- Belgorod oblastida, mahalliy rasmiylarga ko‘ra, «Ukraina tomonidan» berilgan zarba oqibatida mahalliy aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lgan.
- Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yettinchi paketini tasdiqladi. Yevrokomissiya rahbari hisoblashicha, YeI butunlay Rossiya gazisiz qolishi mumkin.
- Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Byorns Aspen shahrida Xavfsizlik masalalari bo‘yicha forumda Rossiya harbiylarining Ukrainadagi yo‘qotishlari bo‘yicha ma’lumotni ochiqladi: 15 ming qurbon va 45 ming yarador. U Ukrainaning yo‘qotishlari bundan kamroqligini aytdi.
- Vashingtondagi Urushlarni tadqiq qilish instituti iyul oyi boshida Lisichansk qo‘lga kiritilganidan so‘ng Donbassda Rossiyaning yurishlari sur’ati yanada pasayganiga e’tibor qaratdi va rus qo‘shinlari endi boshqa yirik shaharlarni, jumladan Slovyansk va Baxmutni egallay olmasligini prognoz qildi.
Quyida 20 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kiyev oblasti


Xerson oblasti

Foto: Sergey Bobilev / TASS


Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images /Vida Press

Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images /Vida Press
Donbass shimoli



Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA




Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images
Xarkiv oblasti

Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA

Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

18:40 / 26.07.2025
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV

11:06 / 26.07.2025
Urushlar taqqosi: 80 yil o‘tib nimalar o‘zgardi?

19:40 / 25.07.2025