Qanday holatda «zagranpasport» uchun davlat boji to‘lanmasligi ma’lum qilindi

Foto: Kun.uz
Qanday holatlarda xorijga chiqish biometrik pasport berilganligi uchun davlat boji to‘lanmasligi ma’lum bo‘ldi. “Davlat xizmatlari yangiliklari” kanali tegishli xabar bilan chiqdi.
«Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasporti berilgani uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi:
- yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;
- fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilgan taqdirda;
- voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda;
- voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, ta’lim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda;
- «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan shaxsga, unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda;
- biometrik pasport O‘zbekiston yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar tomonidan yo‘qotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlar uchun davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan to‘lanadi.
Mavzuga oid

12:15 / 15.05.2025
Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida

12:00 / 12.05.2025
AQSh va Xitoy Jyenevadagi muzokaralar ijobiy yakun topganini e’lon qildi

09:32 / 09.05.2025
YeI AQShga avtomobillar va samolyotlarga bojlar bilan tahdid qilmoqda

12:10 / 07.05.2025