Pora olayotganda DXX tomonidan ushlangan prokuratura tergovchisi 13 yilga qamaldi
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan prokuratura idoralaridagi noqonuniy holatning oldi olindi.

Videodan kadr
Joriy yil aprel oyida Toshkent shahar Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi qurilish-ta’mirlash ishlariga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyati ishi doirasida jamiyat rahbariga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga 50 ming dollar miqdorida pora talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u mas’uliyati cheklangan jamiyat ishchisidan so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan JK 45-moddasiga asosan 3 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida va prokuratura idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid

12:13 / 03.07.2025
Zangiotada sifatsiz dori vositalari va buyumlari savdosiga chek qo‘yildi

09:39 / 01.07.2025
Namanganda qalbaki valuta sotuvchilar qo‘lga olindi

20:26 / 27.06.2025
Toshkentda Telegram orqali narkotik moddalar sotib kelgan 5 kishi qo‘lga olindi

11:32 / 23.06.2025