“Tadbirkorlar bu yerga bizning hisobotimizni eshitishga kelmagan” - biznes bilan muloqot haftaligi boshlandi
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida, 17 avgustdan “Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi" boshlandi. Unda tadbirkorlar vazirlik va idoralar mutasaddilariga o‘zlarini qiynayotgan masalalarda murojaat qilmoqda.

Toshkentdagi tadbirda kunning birinchi yarmida xususiylashtirish, xususiy mulk, innovatsion g‘oyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash, imtiyoz va preferensiyalar berish mavzularida ikkita panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov vazirlik va tashkilotlar vakillarini tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni eshitishga chaqirdi.
“Tadbirkorlar bu yerga bizning hisobotimizni eshitishga kelmagan. Qaysidir tadbirkorning muammosi qolib ketgan bo‘lsa, shuni biz bilib olishimiz kerak”, – dedi u.
Namanganlik tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, u sochiq ishlab chiqarish fabrikasiga investitsiya kiritgan va uning yana bir biznesi – yigiruv fabrikasiga 15 million dollar tikilgan. “Zavodimiz 4 oydan beri ishlamayapti, bizga klasterlar kerak. Har birining taqdimoti bor. 2022 yilning 4-choragida yangi loyiha ishga tushishi kerak”, – deydi tadbirkor.
Davron Vahobov unga ko‘mak berilishini aytdi.
“Uzoq davlatlardan, Braziliya yoki Amerikadan paxta olib kelganda davlat tomonidan logistika xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi taklifini kiritganmiz. Ya’ni siz bemalol qishloq xo‘jaligi sohasiga kirmasdan, xomashyoni chet eldan olib kelishingizga yordam beramiz”, – dedi u.
Yana bir sirdaryolik tadbirkor katta risk qilib, Guliston shahrida restoran va boshqa ko‘ngilochar obektlar qurgani, biroq prezidentning 212-sonli qaroriga ishonib vabank o‘ygani va qarzga kirgani haqida gapirdi.
Uning murojaatiga investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov javob berdi.
“Kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirsh bo‘yicha 212-sonli qaror chiqqan, bunga 300 million dollar ajratilgan edi. Shundan 30 million dollari sizning yo‘nalishingiz, ya’ni turizmga oid loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan. Hozir 250 million dollarlik loyihalar bo‘yicha ro‘yxat shakllantirganmiz, tijorat banklari moliyalashtirishni boshlagan. Biroq 50 million dollarlik turizmga oid loyihalar moliyalashtirilmadi, buning uchun barcha loyihalar ro‘yxatini shakllantirishimiz kerak. Qaror bor va u ishlayapti, faqat ro‘yxat shakllantirsak moliyalashtirish ochiladi. Bu ishni jadallashtiramiz, to‘g‘ri masalani ko‘tardingiz”, – dedi Voitov.
Muloqotda ishtirok etgan yana bir tadbirkor biznes inkubatorlar yo‘qligi va bu boradagi muammolar haqida gapirdi.
Mas’ullar biznes inkubatorlarni qayta jonlashtirish borasida rejalar haqida ma’lumot berdi.
Panel sessiyalari 18 avgust kuni ham shu tartibda davom etadi. Tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan savol va muammolar borasida mutasaddilarga murojaat etishlari mumkin.
Mavzuga oid

14:05 / 06.03.2025
O‘zbekiston uchun xalqaro darajadagi 10 000 nafar moliya mutaxassisini qanday tayyorlash kerak?

17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi

20:20 / 20.01.2025
Nodavlat OTMlarga norasmiy “soliq” solish davom etayotgani aytilmoqda. Vazirlik buni rad etdi

11:04 / 17.01.2025