Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatildi
Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatildi.

Foto: Kun.uz
Kecha, 4 sentabr kuni soat 21:10 da Toshkent shahrining Yashnobod va Mirobod tumanlari ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli 110 kV tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida, Yashnobod tumani Aviasozlar, “G‘alaba 40 yilligi” massivlari, Muxtor Ashrafiy ko‘chalari va Mirobod tumani Fitrat, Yangi Zamon, Inoqobod, Fayzobod, Eski Otchopar, Oqbilol ko‘chalarida elektr ta’minotida uzilish kuzatildi.
Energetika vazirligi, Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borildi. Ta’mirlash ishlari 1,5 soatda yakunlangan va elektr ta’minoti qayta tiklangan.
Energetika vazirligi keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid

11:06
Atirau-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

14:31 / 04.07.2025
Toshkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi

12:47 / 04.07.2025
Iyunda 135 mlrd so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanildi

19:49 / 03.07.2025