Jizzaxda oilaviy janjal o‘lim bilan tugadi
O‘zaro janjal paytida er xotiniga o‘tkir tig‘li jism bilan bir necha marta zarba bergan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 2 sentabr kuni soat 15:20 larda Zarbdor tumanida er-xotin o‘rtasidagi oilaviy janjal o‘lim bilan yakun topgan.
Zarbdor tumani Yangi hayot mahallasida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro xotini bilan janjallashib qolgan. Janjal paytida erkak xotinining tanasiga o‘tkir tig‘li jism bilan bir necha marta zarba bergan.
Oqibatda, og‘ir darajadagi tan jarohati olgan, voyaga yetmagan 3 nafar bolaning onasi voqea joyida vafot etgan.
Avvalroq, Jizzaxda 56 yoshli shaxs o‘zi bilan hazillashmoqchi bo‘lgan ikki nafar fuqaroni pichoqlagan, oqibatda ulardan biri vafot etgandi.
Mavzuga oid

18:47 / 30.05.2025
Stadionda janjal «uyushtirgan» shou-biznes vakillariga ma’muriy bayonnoma tuzilib, ish sudga yuborildi - IIBB

19:51 / 02.04.2025
Chirchiqda janjal oqibatida bir kishi vafot etdi

09:52 / 07.02.2025
Toshkentda janjal vaqtida haydovchi Gentra’ni odamlar ustiga haydadi

22:29 / 17.01.2025