Qoraqalpog‘iston tadbirkorlariga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi
Prezidentning “Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlarida joylashgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun 2023 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
- foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi;
- ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida belgilanadi;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga BHM bir baravari miqdorida belgilanadi.
2022 yil 1 oktyabrdan 2028 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
- ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilishda, eksport qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun xarid qilingan xomashyoni respublika bo‘ylab tashishda transport xarajatlari 70 foizi hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan ro‘yxatga asosan Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladi;
- ajratiladigan kredit summasi 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kafilliklar taqdim etiladi.
Yosh tadbirkorlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun zarur asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida hukumat komissiyasi qaroriga asosan to‘g‘ridan to‘g‘ri Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali 7 yil muddatga qarz mablag‘lari taqdim etiladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Qoraqalpog‘istonda joylashgan va ushbu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga bepul asosda ko‘maklashuvchi “Investorlarga ko‘mak markazi”ni tashkil etish topshirildi. Markaz qoshida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarida maydoni kamida 10 gektar bo‘lgan ishlab chiqarish texnoparki faoliyat ko‘rsatadi.
Qoraqalpog‘iston hududida 2022 yil 15 sentabrdan boshlab 2025 yil 1 yanvarga qadar, istisno tariqasida, yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga berish maqsadida yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishda eng yaxshi takliflar 5 mln dollar ekvivalentidan boshlab ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid

19:26 / 17.06.2025
Restorandagi “maska-shou”: Farg‘onaning amaldorlari u yerda nima qilyapti?

07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi

10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi

12:31 / 01.07.2024