Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari temiryo‘l va Qambarota-1 GES qurilishini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 sentabr kuni ShHT sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qirg‘iziston rahbari mamlakat yetakchisiga mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, Samarqandda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini qayd etdi.
Prezidentlar strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan sermahsul ikki tomonlama hamkorlik ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotganini ta’kidladi. O‘zaro savdo jadal o‘sib bormoqda, yil boshidan uning hajmi 30 foizga oshdi.
Sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida qo‘shma kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.
Butun Markaziy Osiyo mintaqasi rivojiga xizmat qiladigan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li va Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

14:45 / 27.06.2025
G‘aznani o‘mardingmi, 10 barobar qilib qaytarasan – Sadir Japarov

21:21 / 03.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan uchrashdi

20:20 / 31.03.2025