Yunusobodda ro‘y bergan YTH oqibatida «Damas» ag‘darilib ketdi
Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: IIBB axborot xizmati
2022 yil 16 sentabr kuni soat 21:40 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchilar ishtirokida YTH yuz bergan.
2001 yilda tug‘ilgan I.G‘. o‘z boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda harakatlanayotgan, 1988 yilda tug‘ilgan K.T. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasi orqa qismiga to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Hodisa natijasida “Damas” transport vositasi haydovchisi tan jarohati olgan va zudlik bilan tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

11:26 / 24.06.2025
Qibrayda yo‘lovchi tashuvchi avtobus YTHga uchradi

20:28 / 18.06.2025
Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi

11:22 / 18.06.2025