Toshkentda yuk mashinasi ko‘prik ustida ag‘darilib ketdi

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkent shahar IIBB Yakkasaroy tumanida yuk avtomashinasi ag‘darilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
2022 yil 20 sentabr kuni taxminan soat 10:30 larda Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasidagi ko‘prik ustida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1975 yilda tug‘ilgan V.A. boshqaruvidagi Howo ZZ3 rusumli yuk avtoulovida qurilish chiqindilarini ortib ketayotgan vaqtida ko‘prik ustida boshqaruvni yo‘qotib ko‘prik chetki qismiga ag‘darilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi V.A. “chap qo‘l tirsak sohasi ezilib yirtilgan jarohati” bilan kasalxonaga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi

23:43 / 05.05.2025
Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi

16:41 / 11.02.2025
Yakkasaroyda yangi qurilayotgan binoda yong‘in yuz berdi

07:47 / 07.01.2025