Sirdaryoda 4,5 gektar yerni 240 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: iStock
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, fuqaro G.K.ning IIV JQB va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘limiga qilgan murojaatiga asosan, Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, Sirdaryo tumani Kamolot mahallasi hududidan daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlarini amalga oshirish uchun “B.G.” MChJga ajratilgan yerni sotmoqchi bo‘lgan fuqaro M.B. va boshqalar ushlangan.
Ular jami 4,5 gektar bo‘sh yer maydonini 240 ming AQSh dollariga sotishga va 1 000 dollar evaziga tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishga kelishib, ariza muallifidan kelishilgan pullardan 13 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan M.B. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Avvalroq, Qashqadaryoda daryo muhofazasidagi 20 sotix yerni 20 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid

07:53 / 30.05.2025
DXX Xorazm va Sirdaryoda firibgarlik holatlarini aniqladi

14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi

22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi

16:41 / 15.05.2025