Toshkentdagi omborxonalarning birida yong‘in ro‘y berdi

Foto: Kun.uz
23 oktyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanidagi omborxonada yong‘in yuz berdi.
FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, soat 09:08 da tumanning Chorbog‘ ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 09:16 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 09:22 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida omborxonaning ochiq hududida taxminan 150 kvadrat metr maydondagi mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Xabarda yong‘in qanday omborxonada ro‘y berganiga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid

23:10 / 28.06.2025
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi

15:06 / 27.06.2025
Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi

14:43 / 27.06.2025
Noqonuniy yoqib yuborilgan dala maydonlari hajmi ma’lum qilindi

13:10 / 26.06.2025