Sentabr oyida nikohdan ajrashish holatlari eng ko‘p qaysi hududda kuzatilgani ma’lum bo‘ldi
Sentabr oyida O‘zbekistonda qancha nikohdan ajrashish holatlari qayd etilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yilning sentabr oyida respublika bo‘yicha 3839 ta nikohdan ajrashish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.
Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 477 taga ko‘paygan.
Hududlar kesimida ajralishlar soni eng ko‘p Farg‘ona viloyati qayd etildi – 516 ta holat.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 471 ta hamda 456 ta ajrashish holatlari kuzatilgan Toshkent shahri va Toshkent viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Andijon viloyati – 409 ta;
- Namangan viloyati – 354 ta;
- Samarqand viloyati – 310 ta;
- Surxondaryo viloyati – 219 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 210 ta;
- Buxoro viloyati – 181 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 178 ta;
- Sirdaryo viloyati – 159 ta;
- Xorazm viloyati – 147 ta;
- Jizzax viloyati – 119 ta;
- Navoiy viloyati – 110 ta.
Mavzuga oid

17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti

13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti

17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?

12:15 / 28.04.2025