Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Donetskda yirik yong‘in, Ukraina janubi va sharqida shiddatli janglar. Urush suratlari
Ukraina qurolli kuchlari istilo ostidagi Shaxtyorsk shahriga hujum qildi - rossiyaliklarning yonilg‘i to‘ldirilgan sisternalari yo‘q qilindi. Nishonni belgilashda «Rossiya 24» telekanalidagi reportaj yordam bergan bo‘lishi mumkin.
26 oktyabr kuni Donetsk oblastining Rossiya nazorati ostida bo‘lgan Shaxtyorsk shahrida portlashlar ro‘y berdi — Ukraina hukumatiga ko‘ra, mamlakat harbiy kuchlari rossiyaliklarning yonilg‘ilari saqlanayotgan neft bazasi va «frontga yuborishga tayyorlangan yuklar» bo‘lgan vagonlarga zarba berishgan. Yong‘in keyingi kuni ham davom etgan — Ukraina qurolli kuchlari Shaxtyorskdagi neft bazasi bo‘ylab yangi zarbalar bergan. Ukraina nashrlariga ko‘ra, Ukraina «Rossiya 24» telekanalining voqea joyidan uzatilgan reportajidan keyin ikkinchi aniqroq zarbani bergan — Kiyev bunga rasman izoh bermadi.
Ukraina janubida va shimoli-sharqda Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumlari davom etmoqda. Ramzan Qodirov Xerson oblastida Chechenistondan bo‘lgan 23 harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi. Qrim rahbari Sergey Aksenov Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan birgalikda annexia qilingan Xersonga keldi va «Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilayotgan» hududdan tinch aholini «evakuatsiya qilish» yakunlanganini e’lon qildi. Rossiyada harbiy holat davrida buyruqni bajarmaslik bo‘yicha birinchi jinoiy ish ochildi.
Quyida 27 oktyabr, urushning 246-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Shaxtyorskdagi neft bazada yong‘in
27 oktyabr kuni Shaxtyorskdagi neft bazada chiqqan yong‘inni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchilar. Ukraina qo‘shinlari bu hududga ikki kun ichida ikki marta raketa zarbalari yo‘lladi. Ukraina nashrlari xabar qilishicha, Ukraina «Rossiya 24»ning voqea joyidan bergan reportaji tufayli yanada aniqroq ikkinchi zarbani yo‘llagan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETAShaxtyorskda raketa zarbalaridan keyingi yong‘inni o‘chirish jarayoni. Zarbalar tufayli Rossiya yonilg‘i sisternalarining bir qismi yo‘q qilingan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETAShaxtyorsk temiryo‘l stansiyasining Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilganidan keyingi ko‘rinishi. Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyatga ko‘ra, zarba oqibatida nafaqat yonilg‘i sisternalari, balki shaxsiy uylar, shuningdek, avtovokzal binolari ham yonib ketgan. Besh kishi jabrlangani aytilgan. Foto: Valeriy Sharifulin / TASSRossiya qurolli kuchlari Shaxtyorskdagi temiryo‘l uzeli ustidan uchmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina janubi va sharqidagi janglar
Ukrainaning Donetsk oblastida uchayotgan rossiyaliklar harbiy samolyoti zenit raketalarini chalg‘itish uchun «issiqlik tuzoqlari» hosil qilmoqda. Foto: Aleksandr Gusev / SOPA Images / LightRocket / Getty ImagesUkrainalik harbiy (u o‘zini Slavyan deb atashni so‘ragan) Zaporijjya oblastidagi front chizig‘ida qazilgan okopda harakatlanmoqda. Ayni vaqtda bu yerda harbiy harakatlar ketmoqda. Uning aytishicha, avval Rossiya maxsus xizmatlarida ishlagan, ammo 10 yildan buyon Ukrainada yashaydi — va hozir Ukraina tomonida turib jang qilmoqda.
Carl Court / Getty ImagesDonetsk oblastining Baxmut shahri atrofidagi front chizig‘ida Rossiya armiyasi uchun «xabarlar» yozilgan snaryad olib ketayotgan ukrainalik harbiy. Shahar Ukraina nazoratida qolmoqda, shahar uchun shiddatli janglar kechmoqda. Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Kreml rossiyalik harbiylarga oktyabr oyi oxiriga qadar Baxmutni qo‘lga olishni buyurgani haqida aytdi.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETAUkrain harbiysi Dmitro Baxmut atrofidagi front chizig‘ida minomyotdan o‘t ochishga tayyorlanmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETADonetsk oblasti Baxmut shahri atrofidagi front chizig‘ida minomyotdan o‘t ochilishi
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETAZaporijjya oblastidagi front chizig‘ida FH-70 gaubitsasidan o‘t ochishga tayyorlanayotgan ukrain harbiylari.
Reuters / Scanpix / LETAUkraina qurolli kuchlari Zaporijjya oblastida FH-70 gaubitsasidan o‘t ochishga tayyorlanmoqda
Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina janubida ozod etilgan posyolkalardagi hayot
Arxangelskoye posyolkasida qizining zarbaga uchragan avtomobili yonida turgan 56 yoshli Valentina. Ushbu aholi yashash manzili rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilgan. Posyolkada ko‘p vaqt davomida Rossiya armiyasining ilg‘or bo‘linmalari joylashgan, ammo oktyabr oyi boshida Ukraina ushbu aholi yashash manzilini ozod etdi. «Nastoyashcheye vremya» Rossiya istilosi vaqtida posyolkada kamida to‘rt nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini xabar qilgan.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida PressPosyolkadagi vayron bo‘lgan omborxona yaqinida ketayotgan kishi
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida PressOzod etilgan posyolkadagi vayron bo‘lgan bino. Urushga qadar bu yerda odamlar yashagan
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kiyevdagi harbiy hospital
34 yoshli Oleksandr Savchenko shifokor qabulida. Oleksandr may oyida Rossiya harbiylari Donetsk oblastidagi ukrain harbiylari bazasini o‘qqa tutganida ikki oyog‘idan ajralgan.
Paula Bronstein / Getty ImagesKiyev hospitali jonlantirish bo‘limida yotgan ukrain jangchisi
Paula Bronstein / Getty ImagesKiyev hospitali bemorlari — 22 yoshli Volodimir (chapda) va 40 yoshli Denis (o‘ngda) — shifoxona balkonida chekishmoqda
Paula Bronstein / Getty Images
Vayron bo‘lgan Mariupol
Rossiya tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida deyarli butkul vayron bo‘lgan Mariupol mart oyidan buyon RF armiyasi nazoratida. Shaharda may oyining ikkinchi yarmiga qadar «Azovstal» metallurgiya zavodi ukrain harbiylari tomonidan mudofaa qilindi.
Vayron qilingan va Rossiya nazoratiga o‘tgan Mariupol aholisi issiq ovqat tarqatilishi vaqtida
AFP / Scanpix / LETA«Azovstal» va bosib olingan shahardagi boshqa vayrongarchiliklar
AFP / Scanpix / LETAAzov dengizi fonidagi vayron bo‘lgan binolar
AFP / Scanpix / LETA