Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Ukraina bo‘ylab raketa zarbalari, Xersonda istilo izlari. Urush suratlari
15 noyabr kuni Rossiya armiyasi Ukrainaning yirik shaharlaridagi muhim infratuzilma obektlarini o‘qqa tutdi, buning natijasida «Ukrenergo» butun mamlakat bo‘ylab elektrni uza boshladi, ma’lum qilinishicha, shu kungi zarbalar «energetika tarixidagi eng yirik hujum bo‘lgan». Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, ukrain shaharlariga jami yuzga yaqin raketa uchirilgan. Shu kuni Polshaning Ukraina bilan chegara hududiga raketa kelib tushdi, dastlab bu rossiyaliklar raketasi ekani aytildi. RF mudofaa vazirligi bu hududga zarba bermaganini ma’lum qildi va bu haqdagi xabarlarni provokatsiya deb atadi. AQSh prezidenti Jo Bayden raketa Rossiya hududidan uchib kelgani ehtimoli kamligini aytdi. Keyinroq Amerika ma’muriyati mulozimlari Associated Press muxbiriga Polsha hududiga qulagan raketa rossiyaliklarning yaqinlashib kelayotgan raketasini urib tushirish uchun ukrainlar havo hujumidan mudofaa tizimidan uchirilgani taxmin qilinayotganini aytdi. Ukrainlar Bryansk oblastidagi Shebekino shahrini o‘qqa tutishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Quyida 15 noyabr, urushning 265-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kunning asosiy voqeasi. Ukraina bo‘ylab raketa zarbalari
Rossiyaliklar zarbalari vaqtida yerosti o‘tish yo‘liga yashirinayotgan kiyevliklar
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETARossiya raketa zarbasi oqibatida Kiyevdagi turar joy binolaridan birida chiqqan yong‘inni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchi
Oleksandr Gusev / Reuters / Scanpix / LETARossiya raketasi kelib tushgan uy oldidagi o‘t o‘chiruvchilar, Kiyev
Oleksandr Gusev / Reuters / Scanpix / LETAO‘t o‘chiruvchilar Kiyevning Pecher rayonidagi turar joy binolariga zarba kelib tushishi oqibatida chiqqan yong‘inni o‘chirmoqda. «Raketa kelib tushgan uylardan birida qutqaruvchilar bir kishining jasadini aniqlashdi. Qutqaruv-qidiruv ishlari davom etmoqda», — dedi 15 noyabr kun Kiyev meri Vitaliy Klichko.
Ukraina DFVX / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida PressKiyevda elektr o‘chirilishi. Ko‘p qavatli uylar aholisi kvartiralarini sham va chiroqlar bilan yoritmoqda. Prezident ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko rossiyaliklarning 90 raketasidan 70 tasi urib tushirilgani, ammo infratuzilma obektlariga kelib tushgan zarbalar oqibatida 7 milliondan ortiq ukrainalik toksiz qolganini aytdi.
Andrew Kravchenko / AP / Scanpix / LETALviv shahri aholisi bombapanagohdagi smartfon chiroqlari bilan yoritilgan stolda karta o‘ynamoqda
Mykola Tys / EPA / Scanpix / LETAElektr ta’minotidan uzilgan tungi Lvivning ko‘rinishi.
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Xersonda Rossiya istilosi vaqtida halok bo‘lganlarning jasadlarini qidirish
Ukrainalik harbiylar Xerson oblastining Aleksandrovka posyolkasida rossiyaliklar istilosi chog‘ida halok bo‘lgan kishi jasadini yuklashmoqda. Harbiylarning jasadlari alohida belgi qo‘yilgan qoplarga solinadi. Yetti oydan oshiq davom etgan istilodan keyin, 10 noyabr kuni ushbu posyolka Ukraina nazoratiga qaytdi. Xalq deputati Oleksiy Goncharenko Aleksandrovka istilodan keyin vayron bo‘lgani, ko‘chalarda yonib ketgan texnika va mashinalar qolgani, posyolkani aholi tark etganini xabar qilgan.
Federico Quintana / SIPA / Scanpix / LETAUkrainalik harbiylar Aleksandrovkada jasadlarni olib ketishmoqda
Federico Quintana / SIPA / Scanpix / LETAAleksandrovkada qopga solingan jasad va o‘qqa tutilgan avtomobil
Federico Quintana / SIPA / Scanpix / LETAAleksandrovkada asfaltda qolgan jasad konturi
Federico Quintana / SIPA / Scanpix / LETA
Xarkiv va Chornobayivkada Rossiya istilosi izlari
Xarkiv oblastining Volchansk shahrida qamoqxona sifatida foydalanilgan binoda rossiyalik harbiylar tomonidan qo‘lga olingan mahalliy aholi vakillari qoldirgan yozuvlar. OAV xabariga ko‘ra, mahalliy agregat zavodi hududida qamoqxona tashkil etilgan. Ukrain kuchlari Volchanskni sentabr oyi o‘rtalaridagi qarshi hujum davomida ozod etishgan.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETARossiya kuchlari Xersondan chekingach, tergov izolyatori hududida rossiyalik harbiy xizmatchilar tomonidan o‘g‘irlangan kir yuvish mashinalari, unitazlar va muzlatkichlar topildi.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETAUkrain harbiylari Chornobayivka qishlog‘ida zarbaga uchragan rossiyaliklar tankini ko‘zdan kechirmoqda. Noyabr oyi o‘rtalarida Ukraina qurolli kuchlari uzoq davom etgan janglardan keyin ushbu hududni o‘z nazoratiga qaytardi.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA