Navoiyda 2 nafar soliqchi pora olayotganda ushlandi
Ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida soliq idorasi xodimlari tezkor tadbirda qo‘lga olingani haqidagi xabarlar tarqaldi. Navoiy viloyati prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyati davlat soliq idorasi xodimlari Z.A. va B.Sh. hududdagi MChJlardan biriga qarashli kafeda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi natijasini tadbirkor foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 10 000 AQSh dollari talab qilgan. Ular 2022 yil 18 noyabr kuni Navoiy shahrida kelishilgan puldan 9 000 dollarini MChJ rahbaridan olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Holat yuzasidan Z.A. va B.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Prokuratura bayonotiga ko‘ra, jinoyat ishi yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov harakatlari davomida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid

08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti

13:30 / 07.05.2025