JCh-2022. Niderlandiya Senegaldan ustun kelib, turnirni g‘alaba bilan boshladi

Foto: Getty images
Qatardagi jahon chempionatining ikkinchi kuni doirasidagi 2-o‘yin yakuniga yetdi.
«At-Tumama» stadionida A guruhi 1-turi doirasida Senegal va Niderlandiya milliy jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Tengkurashlar ostida kechgan o‘yinning 84-daqiqasida niderlandlar safidagi 23 yoshli forvard Kodi Gakponing yagona goli Lui van Gal jamoasiga turnirni g‘alaba bilan boshlash imkoniyatini berdi – 1:0.
O‘yinning so‘nggi soniyalari, aniqrog‘i 90+9-daqiqada Klassen farqni ikkitaga oshirdi – 2:0.
Shu tariqa, 1-turdan keyin Ekvador Qatarni (2:0), Niderlandiya esa Senegalni mag‘lub etib, guruhda qo‘shpeshqadamlik qilishmoqda. Senegal va Qatar esa hozircha so‘nggi ikki o‘rinni egallab turibdi.
JCh-2022. A guruhi. 1-tur
Senegal – Niderlandiya 0:2
Gollar: 0:1 – 84 Gakpo, 0:2 – 90+9 Klassen.
Senegal – Mendi, Sabali, Kulibali, Sisse, Diallo (Yakobs, 62), Kuyate (Guyye, 73), Guyye, Mendi, Sarr, Diatta (Djyekson, 74), Dia (Deng, 69).
Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, de Ligt, Blind, de Yong, Bergeys (Kopmeyners, 79), Yanssen (Depay, 62), Bergveyn (Klassen, 79), Gakpo.
Ogohlantirishlar: de Ligt (56).
Mavzuga oid

03:22 / 10.12.2022
JCh-2022. Argentina Niderlandiya bilan dramatik o‘yinda penaltilar seriyasi orqali yarimfinalga yo‘l oldi

02:00 / 05.12.2022
JCh-2022. Angliya Senegalni yirik hisobda mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi

03:14 / 07.02.2022
Senegal Misrni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Afrika Millatlar Kubogida g‘olib bo‘ldi

21:58 / 09.06.2021