Toshkentda ayolni mashinaga solib olib ketganlar uning qarindoshlari bo‘lib chiqdi
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videodagi erkaklar ayolning turmush o‘rtog‘i va qaynotasi bo‘lib chiqdi. Hodisaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: Videodan skrinshot
Toshkent shahar IIBB ikki nafar noma’lum erkak ayolni kuch ishlatib avtomashinada olib ketgani aks etgan video yuzasidan ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, voqea 24 noyabr kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanining 22-mavzesidagi ko‘p qavatli uylar oldida sodir bo‘lgan.
Xabarda 2000 yilda tug‘ilgan ayol M.A. 1992 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i D.Sh. bilan o‘rtalarida yuzaga kelgan oilaviy kelishmovchilik sababli bir nafar farzandini qoldirib Toshkent shahriga ketib qolgani aytiladi.
Shundan so‘ng D.Sh. 1963 yilda tug‘ilgan otasi X.M. bilan davlat raqami 70 R 300 SA bo‘lgan Tracker rusumli avtomashinada harakatlanib, ayolni Uchtepa tumani hududida topadi va uni mashinaga chiqarib, Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi uyiga olib ketgan.
Xabarga ayol turmush o‘rtog‘i va farzandi bilan birga tushgan surat ilova qilingan.
«Hozirda M.A. oila davrasida sog‘-salomat ekanligini ma’lum qilamiz.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. M.A. va uning oilasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari tomonidan to‘liq o‘rganilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha aybdor shaxslarga qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», deyiladi rasmiy xabarda.
Ayolning olib qochilishi aks etgan video «Sukut saqlama» (Nemolchi.uz) loyihasi tomonidan e’lon qilingandi.
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov voqea yuzasidan shahar IIBB tomonidan tezkor harakatlar olib borilayotganini bildirgandi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

08:41 / 29.05.2025
Ko‘p qavatli "dom"larda hisoblagich o‘rnatmasdan gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi

21:14 / 24.03.2025
Qashqadaryo viloyatida IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

17:18 / 08.02.2025