Toshkentda xotinini zo‘rlik bilan mashinaga tiqib olib ketgan erkak va uning otasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ularga Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Kadr iz video
Ijtimoiy tarmoqlarda 24 noyabr kuni ertalab ikki kishi bir ayolga zo‘rlik ishlatib, mashinaga solib olib ketgani tasvirlangan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB hodisa Toshkent shahrida sodir bo‘lgani va ayolni zo‘rlik bilan mashinaga tiqib olib ketganlardan biri uning eri, ikkinchisi ayolning qaynotasi ekanini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan ayol bir nafar farzandini tashlab, Toshkent shahriga ketib qolgan. Shundan so‘ng uning eri va qaynotasi ayolni topib kelishgan va kuch ishlatib uyga olib ketishgan.
Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:23 / 20.06.2025
XMT: Haitida 1,3 mlnga yaqin kishi to‘dalar zo‘ravonligi tufayli uyini tark etdi

08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi

18:08 / 10.05.2025
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi

13:51 / 30.04.2025