Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi namoyishlarda 200 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi
22 yoshli Mahsa Aminiy o‘limidan keyin boshlanib ketgan norozilik namoyishlarida yuzlab odamlar qurbon bo‘lgan.

Foto: AFP/Getty Images
Eron Ichki ishlar vazirligi Milliy xavfsizlik kengashi «yaqinda yuz bergan tartibsizliklar» chog‘ida 200 dan ortiq odam halok bo‘lganini ma’lum qildi.
NRAHA inson huquqlari tashkiloti avvalroq 450 namoyishchi va 60 xavfsizlik xodimi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
«Tegishli organlar tomonidan olib borilgan tekshiruvlar tartibsizliklar oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘lganini ko‘rsatmoqda», deyiladi Eronning Mezon axborot agentligi xabarida.
28 noyabr kuni Eron armiyasi generali Amir Ali Hojizoda 300 dan ortiq odam halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Sentyabr oyi o‘rtalarida boshlangan norozilik namoyishlariga Eron Kurdistonida yashagan 22 yoshli Mahsa Aminiy o‘limi sabab bo‘lgan edi. Axloq politsiyasi uni ro‘molni noto‘g‘ri o‘raganlikda ayblab, hibsga olgan. Eron xavfsizlik kuchlari da’vosiga ko‘ra, Aminiy tergov izolyatorida yurak xurujidan yiqilib, shifoxonaga olib borilgan va u yerda komaga tushib qolgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko‘ra, Aminiy politsiya tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgan.
Eronda norozilik namoyishlari hamon davom etmoqda. Xususan, 2 dekabr kuni mamlakat janubi-sharqida joylashgan, 600 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan Zohidon shahrida aholining norozilik namoyishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

20:08
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

08:07 / 10.07.2025
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi

13:05 / 09.07.2025
Fransiya razvedkasi: Eronning yadroviy dasturi «uzoq vaqtga» kechiktirildi

05:05 / 09.07.2025