Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus voqealari bo‘yicha sudda jonli efir vaqtincha to‘xtatildi
Buxoro viloyati sudida ko‘rilayotgan Nukus voqealari bo‘yicha sud ishini jonli efirda uzatish vaqtincha to‘xtatiladi. Guvohlar va jabrlanuvchilar bir-birlarining ko‘rsatmalarini eshitib olmasligi uchun prokuror JPK 432-moddasiga muvofiq efirni to‘xtatishni so‘ragan.

Jinoyat protsessual kodeksining 432-moddasiga ko‘ra, raislik qiluvchi guvohlarning sud majlisi zalidan alohida xonaga chiqib turishlari to‘g‘risida farmoyish beradi. Keyinchalik u so‘roq qilinmagan guvohlarning so‘roq qilingan guvohlar bilan, shuningdek sud majlisi zalidagi boshqa shaxslar bilan muloqotda bo‘lmasligi choralarini ko‘radi.
Gazeta.uz’ga ko‘ra, raislik qiluvchi prokurorning iltimosini qanoatlantirgan. Oliy sud onlayn translatsiya muzokaralar jarayoni boshlangach tiklanishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 28 noyabr kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1–2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlandi. Sud ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Ye.Abibullayev raisligida ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid

20:26 / 02.07.2025
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlandi

10:13 / 02.07.2025
“Va’da qilgan tovon pulini bermay yurishibdi” - Farg‘onadagi portlashda to‘rt jigarini yo‘qotgan aya

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

16:59 / 23.06.2025