Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Yangibozor tumanida fuqaro va uning nevarasi uyda vafot etdi. Ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida ikki kishi is gazidan zaharlanib vafot etgani xabar qilindi. Viloyat FVB ushbu xabar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 8 dekabr kuni soat 08:51 larda Yangibozor tumani Tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi dispetcheridan tuman FVBga xabar kelib tushib, Yangibozor tumani Bog‘olon qishlog‘ida yashagan 1958 yilda tug‘ilgan J.R. hamda nevarasi 2009 yilda tug‘ilgan R.B.ning uyida vafot etgani bildirilgan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar natijasida ko‘ra voqea sodir bo‘lgan xonadonda to‘qqiz nafar fuqaro bo‘lgani, shulardan ikki nafari vafot etgani va qolgan yetti nafari tuman shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani aniqlangan.
Ularning sog‘ligi yaxshi bo‘lgani uchun uyiga ruxsat berilgan. Ikki nafar fuqaro vafot etgani bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Surishtiruvni Yangibozor tumani prokuraturasi olib bormoqda.
Mavzuga oid

12:33 / 02.05.2025
«Bunda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyoh ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi» - prezident chiptalar narxi haqida

15:41 / 01.05.2025
Prezident Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishini ko‘zdan kechirdi

12:43 / 24.04.2025
Rossiya fuqarolarining O‘zbekistondagi mehmonxonada zaharlanishi bo‘yicha tergov yakunlandi

12:03 / 04.04.2025