O‘zbekiston va Misr sut va pishloqni birgalikda ishlab chiqarmoqchi
Food Africa 2022 ko‘rgazmasida ishtirok etgan Xorazm viloyati hokimiyati vakillari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya Misr sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Dina Farms kompaniyasi ijroiya direktori Omonulloh Sa’ad bilan uchrashdi, deb xabar beradi “Dunyo”.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Misr tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, birgalikda sut va pishloq mahsulotlarini ishlab chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.
Misr tomoni ma’lumotiga ko‘ra, Dina Farms kompaniyasi 1987 yilda tashkil etilgan bo‘lib, sut fermasida 15 ming boshdan ortiq qoramol boqilib, ulardan 8 ming donasi sog‘in sigirlarni tashkil etadi. Korxona 10 ming gektar yer maydoniga ega bo‘lib, unda kartoshka, bug‘doy, makkajo‘xori va qand lavlagisi kabi ekinlar yetishtiriladi.
Tomonlar sut mahsulotlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishda hamkorlik o‘rnatish masalalarini muhokama qildi. Mazkur yo‘nalishdagi istiqbolli loyihalarni o‘rganish maqsadida Dina Farms kompaniyasi vakillari 2023 yil mart oyida Xorazm viloyatiga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
Mavzuga oid

14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi

15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi

19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi

02:18 / 10.05.2025