O‘zbekiston | 14:37 / 22.12.2022
12028
1 daqiqa o‘qiladi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev: “Bugun ikki tomonlama chegaralar demarkatsiyasiga oid hujjat imzolanadi”

Poytaxt markazidagi “Kongress-holl”da o‘tkazilgan tor doiradagi uchrashuvdan keyin O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari kengaytirilgan formatdagi yig‘ilishga kirdilar. Unda so‘z olgan Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish lozimligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Hurmatli Shavkat Miromonovich. Hozirgina yakunlangan tor doiradagi muhokamalarimizni yuqori baholayman. 1 martdayoq iqtisodiy hamkorligimizga oid dastlabki hisobotlarni olamiz. Xalqlarimiz hukumatlarimiz, xususan davlat rahbarlari ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha nima ishlar qilinayotganini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

Mening tashrifim ikki tomonlama diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilganining 30 yilligiga to‘g‘ri kelgani uchun mamnunman. Shu paytgacha birodar o‘zbek xalqi bilan munosabatlarimiz doim yaxshi bo‘lib kelgan. Endi ularni yanada chuqurlashtirish payti keldi.

Bugun qator hujjatlarni imzolaymiz. Ular orasida ikki tomonlama chegaralar demarkatsiyasiga oid hujjat ham bor. Shu bilan ikki davlat o‘rtasidagi chegara masalasiga uzil-kesil nuqta qo‘yiladi” – Qozog‘iston prezidentining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid