Qashqadaryoda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlandi
TTB boshlig‘i fuqaroni ishga qabul qilish uchun katta hamshira orqali 500 dollar pora olgan.
Qarshi tuman tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora olayotganda ushlangan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.Q.ning arizasi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M.M. birlashmada katta hamshira lavozimida ishlovchi S.A. orqali fuqaro S.Q.ni ishga qabul qilish evaziga 500 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

13:51 / 23.05.2025
Tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi

20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

12:36 / 24.04.2025