Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston xorijga limon sotish hajmini kamaytirdi
Limon eksporti 289 tonnaga kamaygan.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 4,1 ming tonna limon eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, limon eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 289 tonnaga kamaygan.
2022 yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 2,7 ming tonna;
- Qozog‘iston – 852 tonna;
- Qirg‘iziston – 482 tonna.
Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar:
- Farg‘ona viloyati – 1,8 ming tonna;
- Xorazm viloyati – 631 tonna;
- Toshkent viloyati – 503 tonna;
- Namangan viloyati – 292 tonna.
Mavzuga oid

12:45 / 08.07.2025
UzAuto Motors'ning sof foydasi keskin kamaydi. Nega?

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

15:34 / 04.07.2025
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi

12:10 / 03.07.2025