Qoraqalpog‘istonda Cobalt va Nexia-2 to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri halok bo‘ldi

Foto: Videodan skrinshot
Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, YTH soat 12 lar chamasida 4R-176 Nukus—Chimbay—Taxtako‘pir avtomobil yo‘lining 22−23-km oralig‘ida sodir bo‘lgan. Cobalt yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan Nexia-2 bilan to‘qnashgan.
Holat oqibatida Nexia-2 haydovchisi jarohat olib vafot etgan. Shuningdek, Nexia’dagi yo‘lovchi va Cobalt haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan tuman tergov bo‘limi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

20:21
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti

18:04 / 16.05.2025