Jizzaxda taksichini o‘ldirib ketgan ikki yigitga hukm o‘qildi
Sud yigitlardan biriga 20 yil, uning voyaga yetmagan sherigiga 14 yil-u 6 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlagan.

Foto: Kun.uz
Jizzax viloyati Forish tumanida taksi haydovchisini o‘ldirgan ikki yigitga hukm o‘qilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ikki yigit o‘zaro til biriktirib, Spark mashinasi haydovchisidan manzillariga yetkazib qo‘yishni so‘rashgan. Xilvat joyga yetganda ular haydovchining joniga qasd qilishgan.
Yigitlardan biri qasddan jinoyat sodir etishda voyaga yetmagan o‘smirni o‘ziga sherik qilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «i» va «p» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov hujjatlari sudga yuborilgan.
Sud hujjatlar bilan tanishib chiqib, qotillardan biriga 20 yil, uning sherigi, voyaga yetmagan o‘smirga 14 yil-u 6 oy qamoq jazosi tayinlagan.
Mavzuga oid

17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida

16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi

20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi

17:58 / 21.05.2025