Dniprodagi turar joy binosiga raketa hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni oshmoqda
Dniprodagi turar joy binosiga raketa hujumi qurbonlari soni 30 kishiga yetdi, deb xabar berdi Dnipropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari maslahatchisi Natalya Babchenko.

Foto: Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
73 kishi jabrlangan, ulardan 30 nafari shifoxonada, 12 nafarining ahvoli og‘ir.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, uyning 39 nafar fuqarosi vayronalar ostidan olib chiqildi, 40 dan ortiq odamning taqdiri noma’lum.
Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning Dniprodagi ko‘p qavatli uyga raketa hujumi munosabati bilan kechki videomurojaatida rossiyaliklarga rus tilida murojaat qilgandi.
«Rossiyadagi va Rossiyadan bo‘lganlarga aytmoqchimanki, hozir ham bu terrorni qoralash uchun bir necha og‘iz so‘z aytolmaganlar, garchi ular hamma narsani yaxshi ko‘rib, bilib turibdi. Sizning qo‘rqoq sukunatingiz, nima bo‘layotganini kutishga urinish, faqat bir kun kelib sizga ham xuddi shu terroristlar kelishi bilan tugaydi. Yovuzlik qo‘rqoqlikka juda sezgir, yovuzlik undan qo‘rqqanlarni va savdolashishga harakat qilganlarni doimo yodda tutadi. Sizning oldingizga kelganda esa himoya qiladigan hech kim bo‘lmaydi», dedi Ukraina davlati rahbari.
«O‘nlab odamlar vayronalar ostidan qutqarib olindi, ular orasida olti bola ham bor. Biz har bir inson uchun kurashamiz! Hayotni saqlab qolish uchun zarracha imkoniyat mavjud ekan, qutqaruv operatsiyasi davom etadi», - dedi u.
Mavzuga oid

08:00 / 30.04.2025
Dniproda RF hujumida bir kishi halok bo‘ldi, Xarkivda o‘nlab odamlar jarohatlandi

13:40 / 11.04.2025
Rossiya hujumidan keyin Dniproda kamida sakkiz kishi jarohat oldi

10:10 / 09.04.2025
Rossiya Dnipro va Xarkivga dronlar bilan zarba berdi

11:41 / 12.03.2025