Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 1,6 mlrd dollarlik 50 dan ortiq hujjat imzolandi

Foto: gov.kg
Bugun, 26 yanvar kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida taxminan 1,6 milliard dollarlik 50 dan ortiq hujjatlar to‘plami imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Asosiy hujjatlar:
Agrosanoat kompleksi sohasida hamkorlik bo‘yicha ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari tomonidan imzolangan «Yo‘l xaritasi»;
Jalolobod viloyatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
Teri ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish, shuningdek, Norin viloyatida kartoshka yetishtirish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sinfini tashkil etish to‘g‘risida kelishuv;
Kartoshka yetishtirish bo‘yicha agrosinf va chorvachilik kompleksini yaratish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
«Qirg‘iziston Respublikasida karbid va kalsiy ishlab chiqarish majmuasini qurish» investitsiya loyihasi doirasida qo‘shma hamkorlik to‘g‘risidagi bitim. Shartnoma summasi 20 million dollarni tashkil etadi;
Qirg‘iziston Respublikasining makkajo‘xori donini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha kelishuv. Shartnoma summasi 100 million dollarni tashkil etadi;
Qirg‘iziston Respublikasida elektr energiyasini hisobga olish va qurilmalarni yig‘ishni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi;
Bazalt toshini qayta ishlash zavodini ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum;
O‘zbekiston kompaniyalari mahsulotlarini Qirg‘iziston Respublikasida sotish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma.
Umumiy qiymati 1,6 mlrd dollar bo‘lgan jami 50 dan ortiq hujjat imzolandi, jumladan: 300,3 mln dollarlik investitsiya shartnomalari; 1 155,6 mln dollarlik eksport shartnomalari va 223,0 mln dollarlik import shartnomalari.
Mavzuga oid

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

21:03 / 18.07.2025
Qirg‘izistonda Tojikiston va O‘zbekiston bilan tutash chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

19:04 / 18.07.2025