Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH ro‘y berdi
YTH oqibatida ikki kishi jarohatlangan.

Foto: IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2023 yil 26 yanvar kuni soat 12:20 larda Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.

1990 yilda tug‘ilgan R.N. boshqaruvidagi «Spark», 1993 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi «Nexia 3», 1996 yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvidagi «Lacetti» va 2002 yilda tug‘ilgan I.S. boshqaruvidagi «Matiz» o‘zaro to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida «Spark» hamda «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchilari tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:31
Toshkent viloyatida YTH yuz berdi, jarohat olganlar bor

16:33 / 07.07.2025
Toshkentda Damas yo‘l chetida turgan yuk avtomobili tirkamasiga borib urildi

16:17 / 07.07.2025
Vengriyada avtobus ishtirokidagi YTHda 17 nafar ukrainalik bola jarohat oldi

14:10 / 04.07.2025